Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Arteta: “Maydonda juda katta mahorat to‘qnashadi”

Arteta: “Maydonda juda katta mahorat to‘qnashadi”

Baho:
+ | -

Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Budapeshtda "PSJ"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar Ligasining final uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ispaniyalik mutaxassis jamoasining ushbu darajaga chiqishi ortida katta mehnat yotganini e’tirof etdi.

“Bunday nufuzli sahnada, final uchrashuvida hozir bo‘lish — ajoyib tuyg‘u. Biz bu yerda bo‘lish huquqini halol mehnatimiz bilan qo‘lga kiritdik, endi esa mana shu tarixiy lahzalardan zavq olishimiz kerak”, — deydi Arteta.

Londonliklar ustozi bo‘lajak uchrashuvdan qanday o‘yin kutayotgani va raqibning kuchli tomonlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Ikki jamoa ham yuqori pressing tarafdori bo‘lgani uchun maydonda tezlik har soniyada yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, yarim himoyachilarning doimiy rotasiyasi evaziga katta harakat guvohiga aylanamiz. Maydonga chiqadigan futbolchilarning mahorat darajasi juda yuqori. Har safar raqib bilan yakkama-yakka vaziyatga tushilganda, har qanday kutilmagan holat yuz berishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, bugungi final bahsi har ikki klub uchun ham tarixiy ahamiyatga ega. “Arsenal” o‘z tarixidagi ilk Yevropa Chempionlar Ligasi kubogini boshi ustida baland ko‘tarishni maqsad qilgan bo‘lsa, amaldagi chempion "PSJ" Madridning “Real” klubidan keyin (2016-2018 yillardagi ketma-ket uchta chempionlik) ushbu sovrinni o‘zida saqlab qola olgan birinchi jamoaga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 20:57, 30.05.2026.
O'qildi: 230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик