Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Liverpul" "Tottenxem" futbolchisini nishonga oldi

"Liverpul" "Tottenxem" futbolchisini nishonga oldi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" markaziy himoyachisi Mikki van de Ven "Liverpul" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda SportsBoom xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar Arne Slot ishdan bo‘shatilganidan so‘ng niderlandiyalik himoyachining transferini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Klubda hisoblashlaricha, van de Ven yaqin orada jamoani tark etadigan Ibraima Konatening o‘rnini bosishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zini Chempionlar ligasida ishtirok etish, shuningdek, Premyer-ligada yuqori o‘rinlar uchun kurashish istiqboli qiziqtirmoqda.

O‘tgan mavsumda 25 yoshli van de Ven barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining transfer qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 23:26, 30.05.2026.
O'qildi: 585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик