«PSJ» ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Finalda Luis Enrike jamoasi «Arsenal»ni taslim etdi (1:1, penaltilar bo‘yicha 4:3).
Parij klubi Kilian Mbappe 2024 yilda «Real»ga o‘tib ketganidan keyingi har ikkala mavsumda ham ushbu turnirda g‘alaba qozondi.
Fransiyalik hujumchi safida bo‘lgan Madrid klubi esa ikki safar ham 1/4 finalda musobaqani tark etdi. Eslatib o‘tamiz, Mbappe o‘tgunga qadar «Real» Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi edi.













