Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Arteta Gabriel tomonidan penaltilar seriyasida yo‘l qo‘yilgan hal qiluvchi xato haqida fikr bildirdi

Arteta Gabriel tomonidan penaltilar seriyasida yo‘l qo‘yilgan hal qiluvchi xato haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta «PSJ»ga qarshi Chempionlar ligasi finali taqdirini hal qilgan Gabriel dos Santosning noaniq zarbasi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Jamoalar 120 daqiqalik o‘yindan so‘ng g‘olibni aniqlay olishmadi (1:1), penaltilar seriyasida esa «kanonirlar» imkoniyatni boy berishdi (3:4). Hal qiluvchi xatoga yo‘l qo‘ygan Gabriel to‘pni darvoza to‘sinidan yuqoriga yo‘lladi.

«U beshinchi bo‘lib zarba berishni istadi. Biz ushbu lahzaga tayyorgarlik ko‘rgan edik, mashq qilgandik. Boshqa vaziyatlarda nuqtaga Saka, Edegor yoki Xavers kelardi. Agar ish penaltilar seriyasigacha yetib borsa, ijrochilar o‘zgarishi mumkinligini bilardik, ammo biz barcha futbolchilarimizga ishonamiz. Mashg‘ulotlarda Gabriel umuman xato qilmaydi, biroq bunday mas’uliyatli damda penalti tepish — bu umuman boshqacha narsa. Afsuski, bizga aniqlik va samaradorlik yetishmadi», — deya Artetaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Arsenal Radar.

Kiritildi: 08:07, 31.05.2026.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик