«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta matbuot anjumanida «PSJ»ni Chempionlar ligasi finalidagi g‘alaba bilan tabrikladi. «Kanonirlar» 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchrashdi.
«Men «PSJ»ni, ayniqsa Luis Enrikeni tabriklamoqchiman. Mening fikrimcha, hozirda ularda dunyoning eng kuchli jamoasi shakllangan. Ularning to‘p bilan muomala qilishi, individual harakatlari — men ilgari bunaqasini ko‘rmaganman. Siz to‘psiz ma’lum bir zonalarda o‘ynashni rejalashtira olmaysiz, chunki ular sizni bunga majbur qilishadi», — dedi Arteta jurnalistlarga.
«Arsenal» o‘z tarixida ikkinchi bor Chempionlar ligasi finalida o‘ynadi. 2006 yilda ham «kanonirlar» finalda mag‘lub bo‘lishgan edi, o‘shanda asosiy vaqtda «Barselona»ning qo‘li baland kelgan (1:2).













