Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Zabarniy: «Luis Enrike — sehrli inson»

Zabarniy: «Luis Enrike — sehrli inson»

Baho:
+ | -

«PSJ» himoyachisi Ilya Zabarniy Chempionlar ligasi finalidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Parijliklar 1:1 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida «Arsenal»dan ustun kelishdi.

«Bu aql bovar qilmaydigan natija, bizda ajoyib klub bor. Hammaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz ko‘p mehnat qilyapmiz va bunga loyiq edik. Shunchaki hayratlanarli. Luis Enrike — sehrli inson. Biz u uchun kurashamiz, u esa biz uchun», — dedi Zabarniy TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumki, «PSJ» ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. O‘tgan yilgi finalda Luis Enrike jamoasi «Inter»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Ilya Zabarniy «PSJ» tarkibiga o‘tgan yilning avgust oyida kelib qo‘shilgan. Bungacha u «Bornmut» va Kiyevning «Dinamo» klublarida to‘p tepgan.

Kiritildi: 08:27, 31.05.2026.
O'qildi: 381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик