Chempionlar ligasi isloh qilinganidan buyon, umumiy bosqichni dastlabki sakkizlikda yakunlagan hech qaysi jamoa turnirda g‘olib chiqmagan.
Turnir formati 2024/25 yilgi mavsum oldidan o‘zgartirilgandi: UYEFA guruh bosqichini bekor qilib, barcha klublarni yagona jadvalga jamlagan edi.
Shundan keyingi ikkala mavsum ham «PSJ»ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu mavsumda Luis Enrike shogirdlari umumiy jadvalda 11-o‘rinni, o‘tgan mavsumda esa 15-o‘rinni egallashgan edi.













