Kirish Ro'yxatdan o'tish

Markinyos: «Bu yilgi g‘alaba o‘tgan yilgisidan ham qiyinroq kechdi»

Markinyos: «Bu yilgi g‘alaba o‘tgan yilgisidan ham qiyinroq kechdi»

Baho:
+ | -

«PSJ» sardori Markinyos o‘tgan yilgi va joriy yilgi Chempionlar ligasidagi g‘alabalarni solishtirdi.

O‘tgan mavsumda parijliklar finalda «Inter»ni yirik hisobda (5:0) taslim etgan bo‘lsa, bu safar «Arsenal»ga qarshi kechgan bahs ancha murakkab tus oldi: asosiy va qo‘shimcha bo‘limlardan keyin hisob 1:1 bo‘lib qoldi va Luis Enrike shogirdlari faqat penaltilar seriyasidagina g‘alabani ilib ketishdi.

«Chempionlar ligasidagi birinchi g‘alaba juda hissiyotlarga boy bo‘lgan edi. Hozirgi hissiyotlar ham ajoyib, ammo bu mavsumdagi muvaffaqiyat bizga o‘tgan safargidan ko‘ra ancha qiyinroq kechdi», — deya braziliyalik himoyachining so‘zlaridan iqtibos keltiradi L'Equipe.

Kiritildi: 12:35, 31.05.2026.
O'qildi: 309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик