Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Barselona» «Chelsi» himoyachisi uchun muzokaralarga tayyor

«Barselona» «Chelsi» himoyachisi uchun muzokaralarga tayyor

Baho:
+ | -2

«Barselona» «Chelsi»ning chap qanot himoyachisi Mark Kukurelyani o‘z safiga qaytarmoqchi. Transfer News Live nashri jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar bu transfer yo‘lida «Manchester Siti» va Madridning «Atletiko» klublari bilan raqobatlashishga tayyor.

27 yoshli ispaniyalik futbolchi yozgi transferlar oynasida La Ligaga qaytish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Kukurelyaning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan, Transfermarkt esa uning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Eslatib o‘tamiz, Mark 2012–2019 yillarda «Barselona» tizimida tarbiyalangan, ammo asosiy jamoa tarkibida atigi bir marta maydonga tushgan xolos.

Kiritildi: 12:51, 31.05.2026.
O'qildi: 1086 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик