Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Grinvud A Seriya klubining bosh transfer maqsadiga aylandi

Grinvud A Seriya klubining bosh transfer maqsadiga aylandi

Baho:
+1 | -

«Marsel» vingeri Meyson Grinvud faoliyatini Italiyaning «Roma» klubida davom ettirishi mumkin. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi rimliklarning kelasi yozgi transferlar oynasidagi asosiy nishoni hisoblanadi.

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Grinvudni shaxsan o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda va mutaxassis transfer amalga oshishi uchun bor kuchini sarflamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Roma» allaqachon futbolchining agentlari bilan ijobiy muzokaralar o‘tkazgan. Ayni damda klub «Marsel» bilan kelishuv shartlarini muhokama qilmoqda. E’tiborli jihati, agar transfer amalga oshsa, summaning 40 foizi «Manchester Yunayted» klubiga o‘tadi.

Grinvud 2025/26 yilgi mavsumda «Marsel» safida barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 55 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:57, 31.05.2026.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик