Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Bernardu Silva faqat «Barselona»ni kutmoqda: Ikki klub taklifi rad etildi

Bernardu Silva faqat «Barselona»ni kutmoqda: Ikki klub taklifi rad etildi

Baho:
+ | -

Portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva faqat «Barselona»ga o‘tishni istamoqda. Bu haqda Times Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Manchester Siti»dan ijara asosida ketayotgan 31 yoshli futbolchiga Madridning «Atletiko» va «Benfika» klublari rasmiy takliflar yuborgan. Biroq, Silva uchun «Barselona» hamon ustuvor variant bo‘lib qolmoqda va aynan «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tishi eng ehtimoliy ssenariy hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva 2017 yildan 2026 yilgacha «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 13:20, 31.05.2026.
O'qildi: 1076 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик