Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Barselona»ga o‘tish uchun yagona shart: Kataloniyaliklar Bernardu Silva transferi bo‘yicha rejani ishlab chiqdi

«Barselona»ga o‘tish uchun yagona shart: Kataloniyaliklar Bernardu Silva transferi bo‘yicha rejani ishlab chiqdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silvaning «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar yana kun tartibiga chiqdi.

Jurnalist Fernando Poloning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchini o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda. Biroq transfer amalga oshishi uchun klub oldida ikkita asosiy to‘siq mavjud. Birinchidan, «Barselona» rahbariyati ayni damda boshqa transferlarga ustuvorlik qaratgan. Ikkinchidan, bosh murabbiy Xans-Diter Flik ayni damda jamoaning markaziy chizig‘ida futbolchilar soni ko‘pligini ta’kidlab, transferga hozircha o‘z roziligini bermagan.

Murabbiylar shtabi yangi futbolchini taklif qilish uchun birinchi navbatda yarim himoya chizig‘idan kimdir ketishi kerak, degan qarorga kelgan. Taxminlarga ko‘ra, klubni tark etishi kutilayotgan asosiy nomzod Mark Kasado bo‘lib turibdi. Agar ushbu transfer amalga oshsa, Bernardu Silvaning «Kamp Nou»ga o‘tishi uchun yo‘l ochilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva 2017 yildan buyon «Manchester Siti» safida to‘p surib kelmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda u «shaharliklar» tarkibida barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:52, 31.05.2026.
O'qildi: 1153 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик