Darvozabon Lyuka Shevalye shu yozda «PSJ»ni tark etishi mumkin. L’Equipe nashrining xabariga ko‘ra, golkiper Parij klubidagi o‘z mavqeidan norozi.
Yaqin kunlarda futbolchi o‘z kelajagi borasidagi masalani hal qilish uchun parijliklar rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazadi. Shevalye kelasi mavsumda «PSJ»da ikkinchi darvozabon bo‘lib qolishni istamayapti.
Lyuka Shevalye 2025 yilda «Lill»dan «PSJ»ga 40 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda golkiper parijliklar safida barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol o‘tkazib yubordi va 10 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali Shevalyening qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.













