Kirish Ro'yxatdan o'tish

Van der Sar «Manchester Yunayted»ning transferlariga baho berdi

Van der Sar «Manchester Yunayted»ning transferlariga baho berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sobiq darvozaboni Edvin van der Sar «qizil iblislar»ning 2025 yil yozidagi transfer kampaniyasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Gol urish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Mbeumo, Kunya va Sheshkoning transferlari bilan «Manchester Yunayted»da biroz ko‘proq qat’iyat va barqarorlik paydo bo‘ldi. Jamoaga ancha shakllangan futbolchilar kelishdi, vaholanki ilgari klub ko‘proq yosh va tajribasiz o‘yinchilarga stavka qilar edi.

Menimcha, ular shu yozda ham xuddi shunday yo‘l tutishadi: tarkibdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish va «Manchester Yunayted» darajasi yildan-yilga o‘sib borishini ta’minlash uchun APL bozorini kuzatib, qaysi futbolchilar transfer uchun ochiq ekanligiga e’tibor qaratishadi», — dedi Van der Sar talkSPORT ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» 2025/26 yilgi Angliya Premyer-ligasi mavsumini 71 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog‘onasida yakunladi.

Kiritildi: 15:31, 31.05.2026.
O'qildi: 851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик