«PSJ» qanot hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya shaxsiy ko‘rsatkichlaridan ko‘ra jamoaviy muvaffaqiyatni ustun qo‘yishini ta’kidladi.
30 may, shanba kuni Parij klubi Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi. Finalda «PSJ» «Arsenal»ni mag‘lub etdi (1:1, penaltilar bo‘yicha 4:3). Asosiy vaqtda Kvarasxeliya penalti ishladi va undan hujumchi Usmon Dembele unumli foydalandi.
«Hatto gol urmasam yoki golli uzatma bermasam ham, eng muhimi — jamoaga yordam berish... Buning menga farqi yo‘q. Men doim jamoa uchun o‘ynayman», — deya Kvarasxeliyaning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Joriy Chempionlar ligasi mavsumida gruziyalik hujumchi 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.













