«PSJ» himoyachisi Ilya Zabarniy faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. FootMercato nashrining xabariga ko‘ra, ukrainalik futbolchiga «Chelsi» qiziqish bildirmoqda.
Zabarniy parijliklarning asosiy tarkibida muqim joyga ega emas va London klubi aynan shu vaziyatdan foydalanib, uning transferini amalga oshirmoqchi. Hozircha «ko‘klar» rasmiy taklif bilan chiqishmagan, biroq yaqin oylar ichida vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Ilya Zabarniy 2025 yilda 63 million yevro evaziga «Bornmut»dan «PSJ»ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda ukrainalik himoyachi parijliklar safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.













