30 may kuni Budapeshtda Chempionlar ligasi 2025/26 yilgi mavsumining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Londonning «Arsenal» klubi penaltilar seriyasida «PSJ»ga imkoniyatni boy berdi (1:1, penaltilar bo‘yicha 3:4).
«Arsenal» vingeri Bukayo Saka o‘zi ishtirok etgan barcha finallarda mag‘lubiyatga uchrashda davom etmoqda. Uning finallardagi omadsizliklar seriyasi quyidagicha ko‘rinish olgan:
Angliya terma jamoasi safida: Yevro-2020 va Yevro-2024 finallaridagi mag‘lubiyatlar.
«Arsenal» safida: 2026 yilgi Angliya liga kubogi finali va 2026 yilgi Chempionlar ligasi finalidagi mag‘lubiyatlar.
Qiziqarli jihati shundaki, «Arsenal» 2020 yilda Angliya kubogini qo‘lga kiritgan edi. Biroq o‘sha final uchrashuvida Saka zaxirada qolgan va maydonga tushmagan. Bugungi kunga kelib, u maydonga tushgan har bir hal qiluvchi final bahsi uning jamoasi uchun mag‘lubiyat bilan yakunlanmoqda.













