Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Barselona» 23 yoshli himoyachini sotib olishi mumkin

«Barselona» 23 yoshli himoyachini sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Kruzeyro» qanot himoyachisi Kayki Bruno «Barselona»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun ushbu futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqdalar. Shuningdek, braziliyalik o‘yinchiga «Flamengo» va «Betis» klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

«Kruzeyro» Bruno uchun boshlang‘ich narxni 15 million yevro etib belgilagan. Ta’kidlanishicha, «Betis» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni juda xohlaydi, biroq buning uchun Sevilya klubi avval Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar futbolchilari uchun ajratilgan limit muammosini hal qilishi kerak.

2026 yilgi mavsumda Kayki Bruno barcha turnirlarni hisobga olgan holda 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 16:25, 31.05.2026.
O'qildi: 1729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик