Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn futbolchilar talqiniga ko‘ra Bundesliganing kuchli uchligiga kira olmadi

Keyn futbolchilar talqiniga ko‘ra Bundesliganing kuchli uchligiga kira olmadi

Baho:
+ | -

«Bavariya» vingeri Maykl Olise futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra Bundesligada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Kicker nashri an’anaga ko‘ra mavsum yakunida eng yaxshilarni aniqlash maqsadida Germaniya chempionatining 199 nafar futbolchisi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Olise ovozlarning 40,7 foizini qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikdan «RB Leypsig» a’zosi Yan Diomande (15,1%) va «Gamburg» himoyachisi Luka Vushkovich (11,1%) joy oldi.

Bundesliganing joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Xarri Keyn esa 10,1% ovoz bilan so‘rovnomada to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 16:52, 31.05.2026.
O'qildi: 525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик