«Atalanta»ning 25 yoshli darvozaboni Marko Karnesekki faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tutto Atalanta xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «kanonirlar» yozgi transfer oynasida Karnesekkini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Kutilishicha, «Atalanta» o‘z o‘yinchisi uchun kamida 40 million yevro talab qiladi. Agar «Arsenal» haqiqatdan ham Karnesekkini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsa, u «Atalanta»ning shartlariga rozi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
O‘tgan mavsumda Karnesekki barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 56 ta gol o‘tkazib yubordi va 17 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Darvozabonning italiyaliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.













