Turinning «Yuventus» klubi sobiq futbolchisi Alessandro Birindelli jamoaning hozirgi tarkibida eng muammoli chiziq hujum ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovich Italiyaning eng sovrindor klubi talablariga javob beradi.
«Men o‘yinlarni diqqat bilan kuzatib boraman, futbolchilarning harakatlarini baholayman. Mening nazarimda, Dushan Vlaxovich «Yuventus» darajasiga mos, lekin David va Openda emas», — deb iqtibos keltiradi Birindellining so‘zlarini derbderbyderby.it portali.
Eslatib o‘tamiz, Alessandro Birindelli 1997-2008 yillarda Turin klubi sharafini himoya qilgan, futbolchilik faoliyatini esa 2010 yilda «Peshina» safida yakunlagan.













