Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga qarshi o‘yinda hal qiluvchi penaltidan foydalana olmagan «Arsenal» himoyachisi Gabriel Magalyaes muxlislarga murojaat qildi. Kecha «kanonirlar» nufuzli yevrokubok finalida parijliklarga imkoniyatni boy berishdi (1:1, penaltilar seriyasida 3:4).
«Bu juda og‘riqli, ammo men jamoamiz bilan va bu mavsumda birgalikda erishgan barcha yutuqlarimiz bilan faxrlanaman.
Har bir bosqichda bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizdan minnatdorman. Siz bu yo‘lni biz bilan birgalikda nishonlashga va bugungi paraddan zavqlanishga loyiqsiz!
Kelasi mavsumda ko‘rishamiz!!!
Sizni sevaman, Katta Gabi», — deb yozdi Gabriel.













