«Barselona» yarim himoyachisi Lamin Yamal 22 aprel kuni «Selta»ga qarshi o‘yinda (1:0) penalti tepganidan so‘ng orttirgan jarohatidan keyingi xavotirlari haqida batafsil gapirib berdi.
«Jarohat olgan paytimni eslayman. Ichimda jarohat arzimas bo‘lishini, shunchaki oyoq tortishib qolishi yoki shunga o‘xshash narsa bo‘lishini so‘rab duo qilardim. Chunki jahon chempionati juda yaqin edi, son mushaklari jarohatidan esa tez tuzalib bo‘lmaydi.
Jarohat jiddiy bo‘lishidan qo‘rqdim, ammo undan ham ko‘proq boshqa narsadan xavotirda edim: agar jarohat unchalik jiddiy bo‘lmasa-yu, lekin keyinchalik qaytalanib, jahon chempionatini o‘tkazib yuborishimdan qo‘rqdim», — dedi Yamal.
O‘tgan mavsumda Lamin Ispaniya chempionatida «Barselona» tarkibida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













