«Lokomotiv» yarim himoyachisi Aleksey Batrakov Fransiyaga ko‘chib o‘tishga yaqinlashmoqda. «Chempionat» nashri xabariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida «PSJ» Moskva klubiga futbolchi transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuboradi.
«Temiryo‘lchilar» o‘z tarbiyalanuvchisi uchun shartnomada ko‘rsatilgan 20 million yevrolik tovon pulidan yuqoriroq summani olmoqchi. Bu mablag‘ning bir qismi futbolchining o‘zi va uning vakillariga nasib etishi kerak. Ta’kidlanishicha, Fransiya va Rossiya klublari o‘rtasidagi to‘lovni amalga oshirish murakkabligi muzokaralarda qo‘shimcha omil bo‘lishi mumkin. Kelishuvni rasmiylashtirish uchun tomonlarga mablag‘ni o‘tkazishda vositachini jalb qilish talab etiladi.













