Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fergyusonning «Arsenal» haqidagi so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilindi

Fergyusonning «Arsenal» haqidagi so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilindi

Baho:
+ | -

«Arsenal» Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.

O‘yindan so‘ng «Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Parij klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfiyga xat yo‘lladi.

L’Equipe nashri Fergyusonning xatidan quyidagi iqtibosni keltirgan edi: «Nosir, bu Aleks Fergyuson. Tabriklayman, bu siz uchun og‘ir kechgan kecha bo‘ldi. Ammo siz faqat himoyalangan «zerikarli» jamoaga qarshi o‘ynadingiz. Ta’tildan zavqlaning, bunga loyiqsiz».

Biroq, jurnalist Ben Jeykobs Aleks Fergyuson «Arsenal»ga nisbatan «zerikarli» so‘zini ishlatmaganini ma’lum qildi. Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, Fergyuson xatda shunday yozgan: «Siz futbol o‘ynagan jamoa edingiz».

Kiritildi: 22:17, 31.05.2026.
O'qildi: 454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик