Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

Enrike Rikelme: "Men prezident bo‘lsam, Rodri "Real"da o‘ynaydi"

Enrike Rikelme: "Men prezident bo‘lsam, Rodri "Real"da o‘ynaydi"

Baho:
+ | -

"Real" prezidenti lavozimiga nomzod Enrike Rikelme, agar saylovda g‘olib chiqsa, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini jamoaga olib kelishga va’da berdi.

"Agar men "Real" prezidenti bo‘lsam, Rodri kabi o‘yinchi "Madrid"da o‘ynaydi", — dedi Rikelme "Tiempo de Juego" dasturiga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rodrining transferi Ispaniya terma jamoasida birorta ham "Real" futbolchisi yo‘qligidek "og‘riqli sharmandalik"dan qochishga yordam beradi.

Rikelme Rodri haqidagi bayonoti u ilgari e’lon qilgan yulduzlar bilan bog‘liq emasligini aniqlashtirdi. Prezidentlikka nomzod ularning ismlarini kelasi chorshanba kuni oshkor qilmoqchi. U gap Ispaniyadan tashqaridagi futbolchilar haqida ketayotganini tasdiqladi.

"Aniq ismlar aytiladi. Agar men prezident bo‘lsam, bular "Real"da o‘ynashi kerak bo‘lgan o‘yinchilardir", — dedi Rikelme va kamida ikkita transfer amalga oshirishni va’da qildi.

Kiritildi: 23:22, 31.05.2026.
O'qildi: 1018 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик