Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pulishich golsiz seriyasiga chek qo‘ydi

Pulishich golsiz seriyasiga chek qo‘ydi

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi va «Milan» hujumchisi Kristian Pulishich Senegalga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida gol urib, so‘nggi 5 oy ichidagi ilk golini nishonladi.

O‘yin boshida Pulishich golli uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, 20-daqiqada Rikardo Pepining pasidan so‘ng darvozabonni aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

Pulishich so‘nggi bor 2025 yilning dekabrida klub miqyosida gol urgan edi. Terma jamoa safida esa oxirgi marta 2024 yilning noyabrida raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Bunday uzoq tanaffus yirik turnir oldidan futbolchining sport formasi borasida savollar tug‘dirayotgan edi.

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino avvalroq futbolchiga ishonch bildirib, u jahon chempionatiga qadar albatta o‘z formasiga qaytishini va jamoaning muhim bo‘lagi bo‘lishini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 04:55, 01.06.2026.
O'qildi: 103 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик