Kirish Ro'yxatdan o'tish

JCHda darvozabonlarga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan vaqtda futbolchilar murabbiylar bilan muloqot qila olishmaydi

JCHda darvozabonlarga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan vaqtda futbolchilar murabbiylar bilan muloqot qila olishmaydi

Baho:
+ | -

FIFA hakamlar qo‘mitasi rahbari Pyerluidji Kollinaning ma’lum qilishicha, JCH-2026 musobaqasida darvozabonga maydonda tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan paytda futbolchilar maydon chetiga kelib, murabbiylar bilan gaplashishlari taqiqlanadi.

«Biz turnirda ishtirok etuvchi 48 ta jamoaning barcha bosh murabbiylari bilan seminar o‘tkazib, hakamlar bu borada faol harakat qilishlari haqida ogohlantirdik. Darvozabon jarohat olib maydonda yotgan vaqtda, hakamlar jamoalarning zaxira o‘rindig‘iga yaqinlashishiga yo‘l qo‘yishmaydi.

Darvozabon jarohat olish huquqiga ega, biroq maydondagi futbolchilarning maydonni tark etib, murabbiylar bilan o‘ziga xos «taym-aut» tashkil qilishga haqqi yo‘q. Maydonda faqat hakam, fizioterapevt va darvozabon qolib, qolgan barcha futbolchilarning chetga chiqib ketishi juda g‘alati tuyuladi va bu noto‘g‘ri», — dedi FIFA rasmiysi.

Shuningdek, Kollinaning qo‘shimcha qilishicha, endilikda VAR tizimi to‘p o‘yinga kiritilgunga qadar sodir bo‘lgan qoidabuzarliklarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘ladi. Masalan, burchak to‘pi tepilishidan oldin fol ishlatilgan bo‘lsa, o‘sha vaziyat qaytadan ko‘rib chiqilishi mumkin.

Kiritildi: 05:26, 01.06.2026.
O'qildi: 304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик