Kirish Ro'yxatdan o'tish

Davide Anchelotti – «Lill»ning yangi bosh murabbiyi

Davide Anchelotti – «Lill»ning yangi bosh murabbiyi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘g‘li Davide Anchelotti Fransiya klubini boshqaradigan bo‘ldi. «Lill» 36 yoshli mutaxassisning bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.

Kichik Anchelotti 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. Davide Anchelotti bungacha Karlo Anchelottining murabbiylar shtabida ishlagan. Mustaqil murabbiy sifatida esa Davide faqatgina 2025 yilning iyul-dekabr oylarida «Botafogo» jamoasini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, «Lill» Fransiya chempionatida uchinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan edi. Shunday bo‘lsa-da, «itlar» yaqinda Bruno Jenezio bilan xayrlashdi. Ushbu mutaxassis jamoa bilan ikki mavsum ishlagan edi.

Kiritildi: 16:17, 01.06.2026.
O'qildi: 473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик