Kirish Ro'yxatdan o'tish

Klopp Slot bilan bog‘landi

Klopp Slot bilan bog‘landi

Baho:
+ | -

Arne Slot «Liverpul» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Mersisaydliklar klubi jamoaning 2025/2026 yilgi mavsumdagi qoniqarsiz natijalaridan so‘ng niderlandiyalik mutaxassis bilan xayrlashishga qaror qildi.

«Indykaila News» xabariga ko‘ra, Yurgen Klopp «Liverpul»dan ishdan bo‘shatilganidan so‘ng Arne Slotni ma’nan qo‘llab-quvvatlash uchun u bilan bog‘lanadi. Klopp 2015-2024 yillarda «Liverpul»ni boshqargan, so‘ngra uning o‘rnini Slot egallagandi. Niderlandiyalik murabbiy bilan o‘tkazilgan ilk mavsumda «qizillar» Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi mavsumni jamoa Premyer-liga jadvalida atigi beshinchi o‘rinda yakunladi. «Liverpul»ni endi Andoni Iraola boshqarishi kutilmoqda.

Kiritildi: 17:52, 01.06.2026.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик