Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabrisio Romano: Ansu Fatining kelajagi aniq bo‘ldi

Fabrisio Romano: Ansu Fatining kelajagi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Nufuzli insayder Fabrisio Romano hujumkor yarim himoyachi Ansu Fatining kelajagi borasida ma’lumot berdi. 2025/2026 yilgi mavsumda Fati ijara asosida «Monako» safida to‘p surgan edi.

Kutilganidek, «Monako» Fatini «Barselona»dan to‘liq sotib oladi. Transfer summasi 11 million yevroni tashkil etadi. Romanoning ta’kidlashicha, klublar o‘rtasidagi kelishuvda Ansuning kelajakdagi transferidan kataloniyaliklarga tegishli bo‘lgan ma’lum bir foiz ham ko‘rsatiladi.

«Monako» libosida Ansu Fati 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, «Monako» Fransiya chempionatini yettinchi o‘rinda yakunladi. Kelasi mavsumda jamoa Liga 1 sharafini Konferensiyalar ligasida himoya qiladi.

Kiritildi: 18:11, 01.06.2026.
O'qildi: 808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик