Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres futbolning kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda u «La Razon» nashriga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.
«Futbol kelajakda o‘zgaradi, ammo mohiyatan o‘sha-o‘sha bo‘lib qoladi. Futbolda hamma narsa katta pul ishlab topishga borib taqaladi. Mening ilk prezidentlik muddatimda daromadlar asosan televideniye orqali kelardi», — dedi Peres.
«Hozirda ikkinchi texnologik inqilob boshlanyapti. Bir necha yildan beri dunyoni o‘zgartirgan va bizga unga yangi ko‘z bilan qarashga yordam bergan yetakchi kompaniya — Apple bilan hamkorlik qilmoqdamiz. Biz butun dunyo bo‘ylab milliardlab madridistlarga quvonch bag‘ishlash maqsadidagi ajoyib loyiha ustida ish boshlayapmiz».
«Siz tog‘da, uyda yoki cho‘lda bo‘lishingiz mumkin. Ko‘zoynakni taqasiz — va shunchaki o‘yinni tomosha qilmaysiz. Siz hozir tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan tajribaga ega bo‘lasiz. Futbolchi penalti tepganda, siz uning yonida bo‘lishingiz va hammasini uning ko‘zi bilan ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi», — deya ta’kidladi Peres.
Ma’lumot uchun, Madridning «Real» klubi prezidentligi uchun saylovlar 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu lavozimga 2009 yildan buyon klubni boshqarib kelayotgan Florentino Peres va tadbirkor Enrike Rikelme da’vogarlik qilmoqda.













