Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

«Yuventus» Motta bilan xayrlashish uchun kompensasiya to‘laydi

«Yuventus» Motta bilan xayrlashish uchun kompensasiya to‘laydi

Baho:
+ | -

«Yuventus» 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida iste’foga chiqarilganiga qaramay, haligacha klub shtatida qolayotgan sobiq bosh murabbiy Tiyago Motta bilan munosabatlarni to‘liq uzish niyatida.

Mutaxassis «byankonerilar» bilan 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan uch yillik shartnoma imzolagan edi, biroq u o‘z birinchi mavsumidayoq Igor Tudorga o‘rnini bo‘shatib berib, bir yildan kamroq vaqt davomida ishladi. «Yuventus»dan ketganidan keyin Motta ishsiz qolgan va Italiya OAV xabarlariga ko‘ra, bosh murabbiylik lavozimidan ketganidan bir yildan ortiq vaqt o‘tgach ham, u hamon klub shtatida ro‘yxatda turmoqda.

Biroq, «La Gazzetta dello Sport» xabariga ko‘ra, 1 iyundan boshlab «Yuventus»da shartnomasidagi band tufayli Motta bilan kelishuvni bekor qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Taxminlarga ko‘ra, «Yuventus» Mottaga bir yo‘la to‘lanadigan summani to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu summa unga tegishli bo‘lgan yiliga 3,5 million yevro miqdoridagi qolgan maoshdan biroz kamroqni tashkil etadi. Shundan so‘ng Luchano Spalletti klubning amaldagi shtatidagi yagona bosh murabbiy bo‘lib qoladi.

Kiritildi: 18:50, 01.06.2026.
O'qildi: 548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик