Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ekspertlar JCH-2026 «Oltin butsa»siga da’vogarlar ro‘yxatini tuzishdi

Ekspertlar JCH-2026 «Oltin butsa»siga da’vogarlar ro‘yxatini tuzishdi

Baho:
+ | -

Nufuzli «Goal» portali ekspertlari 2026 yilgi jahon chempionati yakunlari bo‘yicha «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritishga eng asosiy da’vogarlar reytingini taqdim etishdi. Bu sovrin turnirning eng yaxshi to‘purariga topshiriladi.

Reyting cho‘qqisidan Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn joy oldi. U mundialning eng yaxshi to‘purari bo‘lishga eng asosiy da’vogar deb hisoblanmoqda. Ikkinchi o‘rinda Fransiya terma jamoasi vakili Kilian Mbappe bormoqda. Kuchli uchlikni Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland yakunlab berdi.

Top-10 likning keyingi o‘rinlaridan quyidagilar joy olgan: Mikel Oyarsabal (Ispaniya), Lionel Messi (Argentina), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Xulian Alvares (Argentina), Vinisius Junior (Braziliya), Luis Dias (Kolumbiya) va Folarin Balogun (AQSH).

Jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.

Kiritildi: 01:21, 02.06.2026.
O'qildi: 1078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик