Fransiyalik jurnalist Benjamen Kuare rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning «PSJ»dagi kelajagi haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Menga ma’lum bo‘lishicha, «PSJ» Safonovga yaxshilangan shartlar asosida shartnomani uzaytirishni taklif qiladi. Bu yaqin vaqt ichida sodir bo‘lishi kerak», — deb keltiradi jurnalistning «Le Parisien» nashridagi so‘zlarini «RB Sport».
Manbaning ta’kidlashicha, rossiyalik futbolchining Parij top-klubi bilan tuzadigan yangi mehnat kelishuvi 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallanadi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. O‘tgan mavsumda Safonov 27 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 28 ta to‘p o‘tkazib yubordi.













