Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» to‘rtta transfer maqsadini belgiladi: Reshford nishonda

«Arsenal» to‘rtta transfer maqsadini belgiladi: Reshford nishonda

Baho:
+ | -

«Arsenal» 2004 yildan beri ilk bor Angliya chempioni bo‘ldi va Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib bordi. Mikel Arteta shogirdlari mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazdi, biroq yozgi transferlar oynasida «kanonirlar» baribir tarkibni kuchaytirmoqchi.

Daily Mail sahifalarida «Arsenal»ning transfer rejalari haqida material chop etildi. Unda qayd etilishicha, londonliklar to‘rtta pozisiyani kuchaytirishni maqsad qilgan: chap qanot vingeri, markaziy hujumchi, o‘ng qanot himoyachisi va yarim himoyachi.

Ta’kidlanishicha, «Arsenal» hujum chizig‘ini Markus Reshford bilan to‘ldirishga urinib ko‘rishi mumkin. Forvard «Barselona»da qolishni istamoqda, ammo kataloniyaliklarga uni «Manchester Yunayted»dan sotib olish qiyin bo‘ladi. Agar transfer narxi maqbul bo‘lsa, «kanonirlar» Reshfordni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 01:29, 02.06.2026.
O'qildi: 227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик