«Barselona» va Braziliya terma jamoasi vingeri Rafinya Dias Panamaga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida (6:2) gol ura olmagan bo‘lsa-da, bosh murabbiydan ijobiy baho oldi. Karlo Anchelotti Rafinya jamoadagi eng muhim futbolchilardan biri ekanligini yana bir bor ta’kidladi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Anchelotti AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatida futbolchidan aynan nimalarni kutayotganini batafsil tushuntirib berdi.
«Men undan talab qiladigan narsa — raqib himoya chizig‘iga yaqinroq turish, chunki bo‘sh zonalarni yorib o‘tish haqida gap ketganda, men uni dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb bilaman», — dedi murabbiy.
«Himoyachilar chizig‘iga yaqinroq turib, chuqurlikdan hujum qilish eng muhimi deb hisoblayman, ammo biz to‘pga egalik qilganimizda, men hech qachon Rafinyaga aynan qayerda o‘ynashi kerakligini ko‘rsatmayman», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Braziliya Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.













