Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saliba JCH-2026 da ishtirok etadi

Saliba JCH-2026 da ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Vilyam Saliba jahon chempionatida ishtirok eta oladi.

Avvalroq «Arsenal» va Fransiya terma jamoasi himoyachisining bel qismidagi jarohat tufayli jahon chempionatida ishtirok etishi so‘roq ostida ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, futbolchi dushanba kuni o‘tgan tibbiy ko‘rik natijalari yaxshi chiqqan. Saliba seshanba kuni terma jamoadagi sheriklari safiga qo‘shiladi va katta ehtimol bilan JCH-2026 da maydonga tushishi mumkin.

Shu bilan birga, terma jamoa shifokorlari futbolchining holatini nazorat qilishda davom etishi ta’kidlanmoqda. Hozircha u 4 va 8 iyun kunlari Kot-d'Ivuar va Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tusha oladimi yoki yo‘qmi, bu noma’lum.

Kiritildi: 01:46, 02.06.2026.
O'qildi: 492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик