Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman: Domeniko Tedesko — «Bolonya»ning yangi bosh murabbiyi

Rasman: Domeniko Tedesko — «Bolonya»ning yangi bosh murabbiyi

Baho:
+ | -

«Fenerbaxche»ning sobiq bosh murabbiyi Domeniko Tedesko «Bolonya»ning yangi ustoziga aylandi. Bu haqda Italiya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

40 yoshli mutaxassis «Bolonya» bilan 2028 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi, unda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Bolonya» A Seriya musobaqasini sakkizinchi o‘rinda yakunlab, yevrokuboklarga chiqa olmagan edi. «Qizil-ko‘klar» 38 ta turda 56 ochko jamg‘arib, yevrokuboklar zonasidan uch ochko ortda qoldi.

Tedesko avvalroq «Fenerbaxche», Belgiya terma jamoasi, «RB Leypsig», «Spartak» va boshqa klublarda ishlagan.

Kiritildi: 16:16, 02.06.2026.
O'qildi: 585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик