«Arsenal» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olishga urinib ko‘rmoqchi. AS nashrining xabar berishicha, ingliz klubi rahbariyati argentinalik forvard transferi bo‘yicha madridliklar bilan muzokaralarni boshlashga hozirlik ko‘rmoqda.
Alvares anchadan buyon «kanonirlar»ning e’tiborida bo‘lib kelgan va londonliklar shu yoz futbolchining nomzodiga qaytishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, «Atletiko»ning pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda: klub keyingi mavsumda hujumchiga ishonch bildirmoqda va uni sotishdan manfaatdor emas.
Futbolchiga «PSJ» va «Barselona» ham qiziqish bildirayotgani ma’lum. Avvalroq matbuotda futbolchi «Atletiko»ni tark etishni xohlayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.













