«Bornmut»ning sobiq bosh murabbiyi Andoni Iraola tez orada «Liverpul»ni boshqaradi. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Liverpul» Iraola bilan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Jurnalistning ma’lum qilishicha, tomonlar so‘nggi 48 soat ichida muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishib, bitimni tezda yakunlashga muvaffaq bo‘lishgan.
Mersisaydliklar bosh murabbiyi lavozimida Iraola ishdan bo‘shatilgan Arne Slotni almashtiradi. O‘tgan mavsumda «Liverpul» Angliya chempionati turnir jadvalida 60 ochko bilan beshinchi o‘rinni egalladi.
Ta’kidlash joizki, Iraola boshchiligidagi «Bornmut» oltinchi o‘rinni egalladi va klub o‘z tarixida ilk bor yevrokuboklarga yo‘llanma oldi.













