Avvalroq Devid Bernabeu La Posesión de SPORT shousi efirida «Barselona» «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn transferini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan edi. Kataloniyaliklar o‘yinchini Xulian Alvaresga muqobil variant sifatida ko‘rishmoqda.
Manba forvardning bo‘lajak transfer bo‘yicha pozisiyasini ochiqladi. Unga ko‘ra, Keyn «Barselona» oldida «eshikni yopmayapti» (ya’ni, o‘tish variantiga qarshi emas).
Umumiy hisobda Harri Keyn «Bavariya» safida 147 ta o‘yin o‘tkazdi. Ushbu o‘yinlarda forvard 146 ta gol urdi va 33 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













