Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Nyukasl» tajribali o‘yinchi bilan shartnomani rasman uzaytirdi

«Nyukasl» tajribali o‘yinchi bilan shartnomani rasman uzaytirdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» va shveysariyalik himoyachi Fabian Sher o‘rtasidagi shartnoma uzaytirildi. Endilikda ushbu kelishuv shveysariyalik futbolchini «qarg‘alar» safida kelasi yozgacha bog‘lab turadi, avvalgi shartnoma esa shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetardi.

Sher 34 yoshda bo‘lib, u bugungi kunda «Nyukasl»ning eng tajribali o‘yinchilaridan biridir. Fabian klub sharafini 2018 yildan buyon himoya qilib keladi.

«Vil» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan futbolchi o‘z faoliyati davomida «Bazel», «Xoffenxaym» va «Deportivo» klublarida ham to‘p surgan. Yakunlangan mavsumda Sher barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. «Nyukasl» APLda 12-o‘rinni egalladi va yevrokuboklarga yo‘llanma ololmadi.

Kiritildi: 22:52, 02.06.2026.
O'qildi: 575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик