Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletiko» Alvares o‘rniga to‘purar hujumchi topib qo‘ydi

«Atletiko» Alvares o‘rniga to‘purar hujumchi topib qo‘ydi

Baho:
+ | -

«AS» nashrining xabar berishicha, «Atletiko» «Barselona» bilan bog‘lanayotgan Xulian Alvaresning kelajagi noaniqligi fonida «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxenni o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘rib chiqmoqda.

27 yoshli nigeriyalik futbolchining potensial transferiga «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «PSJ» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Osimxen 2025 yilning yozidan buyon «Galatasaroy» sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda u 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Galatasaroy» bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil yozida yakuniga yetadi. «Transfermarkt» portali hujumchining qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:27, 03.06.2026.
O'qildi: 1516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик