Kirish Ro'yxatdan o'tish

Azar JCH–2026 oldidan «Eden» burgerlarini taqdim etdi

Azar JCH–2026 oldidan «Eden» burgerlarini taqdim etdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» va «Real» klublarining sobiq yarim himoyachisi Eden Azar Belgiyaning Quick tez ovqatlanish tarmog‘i bilan hamkorlikni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Azar Jahon chempionati oldidan o‘tkazilayotgan Quick marketing kampaniyasining bir qismiga aylandi. U «Eden» nomli burgerlarni reklama qiladi. Mazkur burgerlar uch xil ko‘rinishda — mol go‘shti, tovuq go‘shti va baliq bilan taklif etilmoqda.

Burger tarkibiga kotleta yoki baliq filesidan tashqari ikki karra eritilgan chedder pishlog‘i, qovurilgan piyoz hamda achchiq andaluscha sous qo‘shiladi. Barchasi andalus uslubidagi ziravorli bulochka ichida taqdim etiladi.

Sotuvdan tushgan mablag‘ning bir qismi QuickFix loyihasiga yo‘naltiriladi. Ushbu tashabbus doirasida kompaniya Belgiya bo‘ylab bolalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan sport maydonchalarini ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshiradi.

Qizig‘i shundaki, bu Azarning fastfud sohasidagi ilk hamkorligi emas. 2021 yilda «Makdonalds» Belgiya futbol terma jamoasi futbolchilaridan ilhomlangan Red Devils Burgers nomli yangi burgerlar seriyasini taqdim etgan edi. O‘shanda Eden Azar yangi mahsulot reklamasi uchun o‘tkazilgan fotosessiyada shaxsan ishtirok etgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:00, 03.06.2026.
O'qildi: 535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик