Yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted»ning ikki nafar yarim himoyachisi jamoadan ketadi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi. Manbaga ko‘ra, mankunianliklar yarim himoyachilar Manuel Ugarte va Kazemiro bilan xayrlashadi.
Avvalroq matbuotda «qizil iblislar» «Atalanta» yarim himoyachisi Edersonni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turgani haqida xabar berilgan edi.
Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida «Manchester Yunayted» 71 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi. Maykl Karrik shogirdlari navbatdagi mavsum uchun UYEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.













