Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saloh «Barselona»ning yosh o‘yinchisiga ustozlik qilmoqda

Saloh «Barselona»ning yosh o‘yinchisiga ustozlik qilmoqda

Baho:
+ | -

Yulduzli futbolchi Muhammad Saloh yosh Hamza Abdelkarimga Misr terma jamoasiga moslashishda yordam bermoqda. 18 yoshli futbolchi faoliyatida birinchi marta mamlakat milliy jamoasiga chaqirildi – u yaqinda Rossiyaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi.

«Mundo Deportivo» xabariga ko‘ra, Saloh Abdelkarimga ustozlik rolini o‘z zimmasiga oldi. Muhammad ayni damdagi yig‘in vaqtida istiqbolli hujumchi bilan bir xonada yashamoqda, shuningdek, «Liverpul»ning sobiq o‘yinchisi yosh yulduzga o‘z futbolkasini sovg‘a qildi.

Hamza Abdelkarim o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Qohiraning «Al-Ahli» klubidan ijara asosida «Barselona»da o‘tkazdi. Taxminlarga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» hujumchini to‘liq sotib oladi va u tajriba orttirishda davom etishi uchun ikkinchi jamoada qoldiriladi.

Kiritildi: 12:06, 03.06.2026.
O'qildi: 257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик