Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriyaning ikki klubi «Real»ning yosh yarim himoyachisi uchun kurash olib bormoqda

A Seriyaning ikki klubi «Real»ning yosh yarim himoyachisi uchun kurash olib bormoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Sesar Palasios faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Insayder Janluka di Marsio xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi uchun kurashda «Komo» va «Udineze» ishtirok etmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, bitimga xuddi Nikolas Pas transferida bo‘lgani kabi, arzon narxda qaytarib sotib olish opsiyasi kiritiladi.

Sesar Palasios o‘tgan mavsumda «Qirollik klubi»ning asosiy tarkibida yettita o‘yinda maydonga tushdi. «Real»ning o‘rinbosarlar jamoasi — «Kastilya» safida esa u 36 ta o‘yinda 16 ta gol va 5 ta golli uzatma bilan ajralib turdi. «Transfermarkt» sayti futbolchini 6 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:12, 03.06.2026.
O'qildi: 184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик