Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yildiz: «Yuventus» tarixiga o‘z ismimni yozib qoldirmoqchiman»

Yildiz: «Yuventus» tarixiga o‘z ismimni yozib qoldirmoqchiman»

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Kenan Yildiz jamoadagi o‘z o‘rni haqida fikr bildirdi. 21 yoshli futbolchi «keksa sinyora»ning yetakchilaridan biriga aylandi. Mish-mishlar turkiyalik yulduzni tez-tez Yevropaning top-klublaridan biriga o‘tishi bilan bog‘lasa-da, futbolchi hech qayerga ketishga shoshmayotganini ko‘p bor ta’kidlamoqda.

«Men «Yuventus» tarixiga o‘z ismimni yozib qoldirmoqchiman. Kelajagimni klub bilan bog‘lash qarori – bu shunchaki professional tanlov emas, bu yerda ishonch masalasi ham muhim. Menga bu yerda o‘sish uchun imkoniyat berilishini his qildim. Klub mening salohiyatimga ishondi va bosqichma-bosqich rivojlanish rejasini taqdim etdi», — dedi Yildiz «GQ» nashriga bergan intervyusida.

«Yosh o‘yinchi uchun ishonchdan muhimroq narsa yo‘q. «Yuventus»da men birinchi kundan boshlab menga ishonishayotganini his qildim», — deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Kenanning turinliklar bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:32, 03.06.2026.
O'qildi: 288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик