Kirish Ro'yxatdan o'tish

Reshfordning «Barselona»ga o‘tish imkoniyatlari jiddiy ravishda pasaydi

Reshfordning «Barselona»ga o‘tish imkoniyatlari jiddiy ravishda pasaydi

Baho:
+ | -

Markus Reshfordning «Barselona»ga doimiy asosda o‘tishi dargumon bo‘lib qoldi. Kataloniya klubi ingliz futbolchisi uchun taxminan 15 million yevro taklif qilgan, biroq «Manchester Yunayted»dan rad javobini olgan.

Jurnalist Ferran Korreasning ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining o‘zi «Barsa»ga o‘tishni xohlayotganiga qaramay, transfer ehtimoli sezilarli darajada kamaygan. Katta ehtimol bilan, «ko‘k-anorranglilar» endi boshqa nomzodlarga e’tibor qaratishadi.

Xans-Diter Flik jamoasida ijara asosida to‘p surgan Markus Reshford o‘tgan mavsumda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Kelishuvda 30 million yevrolik sotib olish opsiyasi mavjud edi, ammo «Barselona» ushbu bandni faollashtirishni istamadi.

Kiritildi: 12:40, 03.06.2026.
O'qildi: 829 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик